Somalidagi hukumat binolaridan biri yaqinida avtomobil portlab ketdi, natijada kamida 23 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS” CNN telekompaniyasiga tayanib.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida shu yaqin atrofda joylashgan maktab o‘quvchilari va mahalliy savdogarlar bor.
Hodisa Somalidagi Puntlend muxtor tumani, Galkao shahridagi hokimiyat binosi yaqinida sodir bo‘ldi. Terakt uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Izoh (0)