Janubiy Koreya va AQShning Ulji Freedom Guardian qo‘shma mashg‘ulotlari chog‘ida Pxenyanga nisbatan tajovuz belgilari paydo bo‘ladigan bo‘lsa, KXDR ularning harbiy guruhlariga preventiv yadro zarbalari berish bilan tahdid qildi. Bunday bayonotni Koreya xalq armiyasi bosh shtabi vakillari tarqatdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Amerika—Janubiy Koreya harbiy mashqlari 22-avgustdan sentabr boshigacha o‘tkaziladi. Shimoliy Koreya muassasasi bayonotida aytilishicha, ushbu mashg‘ulotlar maqsadi — KXDRga kutilmagan zarba berish va uning hududini egallab olish.
Bundan tashqari, bayonotda KXDR qurolli kuchlari “tajovuz va urush tayanchi”ni yo‘q qilib, Koreya yarim orolining janubiy qismini ozod qilish fursatini poylayotganligi ta’kidlanadi.
Izoh (0)