AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va Milliy xavfsizlik agentligi sobiq direktori general Maykl Xeyden AQSh prezidenti lavozimiga respublikachilardan nomzod Donald Trampga ham, uning raqibi, sobiq davlat kotibi Hillari Klintonga ham ovoz bermasligini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“AQShning ikkala asosiy siyosiy partiyalaridan nomzodlarning hech biri menga ma’qul emas, — dedi u radioga bergan intervyusida. — Do‘stlarimning ko‘pchiligi bu oddiy hol ekanligi va ulardan biriga ovoz berishga to‘g‘ri kelishini aytmoqda. Ammo men bunday qila olishimga ko‘zim yetmayapti”.
Kichik jorj Bush va Barak Obama prezidentlik davrlarida ishlagan general ikkala nomzod borasida ham shubhaga bormoqda. “Ovoz berish bizning muqaddas huquqimiz hisoblanadi, u suverenitetimizning bir bo‘lagini olib, uni munosib bo‘lgan kishiga taqdim etadi. Va shu yerga kelganda asosiy partiyalardan nomzodlarga nisbatan shubhalarim paydo bo‘ladi”.
General nomzodlardan qay biri g‘olib bo‘lishidan qat’i nazar, ulardan hech biri katta farq bilan boshqasidan o‘zib ketmasligiga umid bildirdi.
Izoh (0)