Kamerun shimolida xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan terakt oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kuch tizimi vakillariga ko‘ra, hodisa Mora provinsiyasi bozori yaqinidagi ko‘prikda ro‘y bergan. Barcha qurbonlar portlash chog‘ida halok bo‘lgan. Og‘ir yaralanganlarni kasalxonaga yetkazish uchun vertolyotdan foydalanilgan. Xudkush vaqtni behuda tanlamagani, yakshanba kuni bozorda deyarli doim odam ko‘p bo‘lishini hisobga olgani bildirilmoqda.
Kamerunning ushbu provinsiyasida “Boko Haram” guruhi ilgari ko‘plab hujumlarni uyushtirgani eslatib o‘tilgan.
Izoh (0)