Italiya janubidagi Salerno tumani dengiz sohillaridagi g‘orga tushish chog‘ida uch nafar tajribali suvostida suzish bo‘yicha yo‘riqchi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qutqaruvchilar ikki sutkadan oshiq davom etgan qidiruvlardan so‘ng 21-avgust, yakshanba kuni ulardan ikki nafarining jasadini 47 metr chuqurlikdan olib chiqdi. Uchinchi qurbongacha yetib borishning iloji bo‘lmadi.
Halok bo‘lganlarning barchasi suvostida suzish bo‘yicha yo‘riqchilar bo‘lgan va muntazam ravishda suzuvchilar hamda sayyohlar guruhlariga hamrohlik qilgan. Bu gal ular mamlakatning turli shaharlaridan kelgan g‘avvoslarning katta guruhiga boshchilik qilgan.
Salernodagi mazkur xavfli g‘or turli yillarda 12 nafar suv ostida suzish havaskorlari o‘limiga sabab bo‘lgani bildirilmoqda.
Izoh (0)