Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Ned Prays Turkiyadagi to‘yda sodir etilgan teraktni qoraladi, deb yozadi “RBK”.
“Ushbu vahshiyona harakat ijrochilari surbetlik va razillik bilan to‘y vaqtini tanlab, o‘nlab kishilarni o‘ldirdi va yaraladi”, — dedi Prays.
Turkiyaning Gaziantep shahridagi terakt 21-avgust kuni yuz berdi. Xudkush terrorchi to‘yda raqsga tushayotgan olomon ichiga kirib, portlovchi qurilmani harakatga keltirdi. Natijada 50 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, 90 dan ziyod kishi jabrlandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on teraktni amalga oshirgan xudkush ko‘pi bilan 12—14 yoshda bo‘lganini ma’lum qildi.
Izoh (0)