19-avgust kuni Iordanning G‘arbiy sohilidagi Nablus shahrida to‘rt kishi politsiya bilan to‘qnashuvlarda halok bo‘ldi. “TASS”ning Al Arabiya telekanaliga asoslanib ma’lum qilishicha, aholi zich joylashgan eski shahardagi tartibsizliklar 18-avgust kechasi boshlangan bo‘lib, bunga Falastin politsiyasi qurol-yarog‘ topish maqsadida tintuvlar o‘tkazgani sabab bo‘lgan.
Nablus rahbari Akram Rajubning so‘zlariga qaraganda, halok bo‘lganlar orasida ikki politsiyachi va ikki qurolli shaxs bor — ular ilgari sodir etilgan jinoyatlari bois politsiya qidiruvida bo‘lgan.
Politsiya bayonotiga ko‘ra, shaharda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha operatsiya davom etadi.
Izoh (0)