Isroilning Israir aviakompaniyasiga tegishli samolyot dvigatellaridan biridagi nosozlik tufayli David Ben-Gurion nomidagi aeroportga avariya holatida qo‘ndi. Uning bortida 118 nafar yo‘lovchi bo‘lib, u Sochidan parvoz qilgan edi. Bu haqda Isroil televideniyesi To‘qqizinchi kanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Israir kompaniyasining Sochidan kelayotgan samolyoti 16-avgust kuni Ben-Gurion nomidagi aeroportga qo‘ndi”, — deb ma’lum qiladi telekanal.
Qo‘nish favqulodda holat rejimida amalga oshirilgan, chunki yerga qo‘nishdan biroz avval ekipaj dvigatellardan biridagi nosozlik haqida parvozlarni boshqarish punktiga ma’lum qilgan.
Bortida 118 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot muvaffaqiyatli qo‘ngan. Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolaridan hech kim jabrlanmaganligi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)