Xitoy 16-avgustga o‘tar kechasi kvant kommunikatsiyalari uchun mo‘ljallangan dunyodagi birinchi eksperimental sun’iy yo‘ldoshni muvaffaqiyatli tarzda uchirdi, deb yozadi “TASS” South China Morning Post gazetasiga tayanib.
Xitoylik taniqli faylasuf sharafiga nomlangan “Mo-szi” qurilmasi “Chanchjen-2D” eltuvchi raketasi yordamida orbitaga chiqarildi. Parvoz Pekin vaqti bilan 01:40 (Toshkent vaqti bilan 15-avgust 22:40)da Gobi cho‘lidagi Szyusyuan kosmodromidan amalga oshirildi.
Gazeta ta’kidlashicha, missiyaning asosiy vazifalaridan biri — axborotning kvant tarzda uzatilishini amalga oshirish hamda Xitoy va Yevropa (Vena) o‘rtasida xakerlardan to‘liq himoyalangan aloqa kanalini o‘rnatish.
Izoh (0)