AQShning Apple kompaniyasi Xitoy iqtisodiyotiga kiritiladigan investitsiyalar hajmini oshirish maqsadida ushbu davlat hududida Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi birinchi mustaqil ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari markazini tashkil etadi. Bu haqda 16-avgust kuni korporatsiya rahbari Tim Kuk XXR Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Chjan Gaoli bilan Pekinda o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Apple Xitoyga kiritilajak investitsiyalar hajmini oshiradi, jumladan, 2016-yil oxiriga qadar mintaqadagi yagona mustaqil ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari markazi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda”, — dedi u.
Kuk korporatsiyaning XXRga kiritadigan kapitali qanday hajmda bo‘lishi haqida aniq ma’lumot bermadi.
Izoh (0)