GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi MDH davlatlarida Ravon brendining dilerlik tarmog‘ini kengaytirish ishlari doirasida 11-avgust kuni Ukrainada yangi brend taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ravon modeli Ukrainada Matiz, R2 (Spark) va Gentra avtomobillari bilan taqdim etildi. Yil oxiriga qadar bular qatoriga R4 (Cobalt) qo‘shiladi.
O‘sha kuni Rossiyaga Nexia R3 mashinalarining birinchi partiyasi yuborildi.
GM Uzbekistan yaqin istiqbolda Ravon brendini MDHning boshqa bozorlariga olib kirmoqchi. Kuzda brend Ozarbayjon, Belarus va Turkmanistonda taqdim etiladi.
Izoh (0)