Yaponiyaning Toyota kompaniyasi uchinchi bora AQShda 337 mingga yaqin avtomobildan iborat partiyani ularda aniqlangan ilmoq (podveska)dagi muammolar tufayli chaqirib oladi. Bu haqda avtokonsern tarqatgan bayonotda aytiladi, deb yozadi “TASS”.
Ta’kidlanishicha, chaqirib olinadigan avtomobillar orasida Toyota RAV4 krossoverlari, shuningdek, 2010-model yiliga tegishli Lexus HS250 sedanlari bor. Ushbu avtomobillarda aniqlangan nuqson ilmoq dastaklarida zang paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, buning natijasida haydovchi transport vositasi ustidan nazoratni yo‘qotishi xavfi bor.
Bungacha avtomobillarning ushbu partiyasi ikki marta chaqirib olingan, bunga ulardagi ilmoqning mahkamlovchi elementlari kerakli tarzda o‘rnatilmagani sabab bo‘lgan edi.
Izoh (0)