Toshkentning O‘rikzor dahasida 10-avgust kuni ikki Nexia avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirilgan.
Qayd etishlaricha, birinchi Nexia burilayotganida ikkinchi Nexia unga kelib urilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, kelib urilgan Nexia’ning tezligi ruxsat etilganidan yuqori bo‘lgan, ayni vaqtda, birinchi Nexia ham asosiy yo‘ldan harakatlanib kelgan avtomobilga yo‘l bermagani uchun YTH yuz bergani aytilmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olib, jabrlanganlar haqida aniq ma’lumot yo‘q. Xabarga ilova qilingan fotosuratda yaroqsiz ahvolga kelgan Nexia’ning o‘zini alohida maydon ichida ko‘rish mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)