Jazoir hukumati armiyasi mamlakat shimolida terrorchilarning ikkita qurol tuynugini aniqladi va uni yo‘q qildi. Bu haqda, Algérie Presse Service agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bumerdes provinsiyasidagi Sidi Ali Bunab o‘rmonida topilgan tuynukda jangarilar qo‘poruvchi harakatlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan 10 dan ortiq qo‘lbola qurol, 8 ta bomba, 10 kilogramm porlovchi modda va boshqa buyumlarni saqlagan.
Jazoir milliy mudofaa vazirligida qayd etilishicha, terrorchilar arsenali mahalliy hududni ko‘zdan kechirish vaqtida aniqlandi.
Izoh (0)