Qurolli muxolifat jangarilari 13-avgust, shanba kuni Alepponing Suriya armiyasi himoyasi ostidagi aholi dahalarini shiddatli o‘qqa tutdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
SANA agentligiga ko‘ra, reaktiv samolyotlar va qo‘lbola raketalar asosan Salohiddin, Al-Hamdaniya, Az-Zahra va Azimiya tumanlari hududida portlagan.
Tinch aholi o‘rtasidagi qurbonlar soni shanba kuni kechki payt 9 kishiga yetdi, yana 22 kishi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazildi. Ulardan ayrimlari og‘ir holatda ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)