Qrimda Sudak—Kerch yo‘nalishidagi yo‘lovchi avtobusining jarlikka qulashi oqibatida halok bo‘lgan olti kishining shaxsi aniqlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Jami 6 kishi halok bo‘lgan, ularning shaxsi aniqlandi. 14 kishi jabrlandi. Kasalxonada qolgan ikki bolaga bir necha kundan so‘ng javob beriladi”, — deya ma’lum qildi Feodosiya shahar kengashi rahbari Svetlana Gevchuk.
Gevchukka ko‘ra, qurbonlar yaqinlarini qidirish va jasadlarni boshqa mintaqalarga yetkazish masalalari hal etilmoqda. Jarohatlanganlar hayoti xavf ostida emas.
Izoh (0)