Butunjahon savdo tashkiloti (BST) Rossiya qog‘oz, muzlatgich va palma yog‘i uchun o‘rnatgan bojlar uning qoidalariga zid ekanligi haqida qaror chiqardi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Ko‘rib chiqilgan mahsulotlar uchun kirish bojlarining yakuniy stavkasi Rossiya BSTga kirish chog‘ida zimmasiga olgan va bojlarni pasaytirish jadvalida belgilangan majburiyatlardan ziyod ekanligi aniqlandi. Bu BST Rossiyaga qarshi qaror qabul qilgan birinchi holat”, — deyiladi tashkilot saytida joylashtirilgan xabarda.
BST shu tariqa Rossiyani bojlar oshirib yuborilganligida ayblagan Yevroittifoqni qo‘llab-quvvatladi. Yevroittifoq o‘z eksportining Rossiya harakatlaridan ko‘radigan zararini yiliga 600 million yevroga baholagandi.
Izoh (0)