AQShning Merilend shtati Silver-Spring tumanidagi turar-joy majmuasida maishiy gaz portlab ketishi natijasida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda NBC telekompaniyasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Avvalroq telekanal hodisa natijasida 20 dan 25 kishigacha yaralanganini ma’lum qilgan edi.
Portlash va yong‘in mahalliy vaqt bilan yarim kechaga yaqin (Toshkent vaqti bilan 11-avgust kuni 9:00 da) sodir bo‘ldi. Qariyb 100 kishi zarar yetgan binodan evakuatsiya qilindi, uning bir qismi portlash natijasida qulab tushdi, elektr uzatish simlari ham zarar ko‘rdi.
Izoh (0)