Rossiya hamda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Boris Jonson telefon orqali suhbat chog‘ida terrorizmga qarshi kurashning borishi va ikki tomonlama siyosiy muloqotni faollashtirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Rossiya TIV rahbari Jonsonni vazir lavozimini egallagani bilan qutladi. Ikki tomondan ham, mavjud muammolarga qaramay, Rossiya va Britaniya munosabatlari, jumladan, iqtisod, gumanitar, tashqi siyosat yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalar yaxshilanishiga umid bildirildi. Vazirlar terrorizm bilan kurashning dolzarb qirralari va Suriya atrofidagi vaziyatni ham muhokama etdi”, — deyiladi Rossiya TIV xabarida.
Muloqot Britaniya tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgani bildirilmoqda.
Izoh (0)