Peruda ikki avtobusning ro‘parama-ro‘para to‘qnashuvi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Politsiyaning bildirishicha, yo‘l-transport hodisasi 10-avgust, chorshanba kuni ertalab yuz berdi. Avtobuslardan biri Kusko shahridan poytaxt Limaga, boshqasi esa Ika shahridan janubga yo‘l olgandi. Qurbonlar orasida ikki avtobus haydovchisi va braziliyalik sayyoh bor. Politsiya avtohalokat sabablari va qurbonlar shaxsini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)