Markaziy Xitoydagi Xubey viloyatidagi elektrostansiyada sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, portlashga yuqori bosimli bug‘ quvuridagi avariya sabab bo‘lgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa tufayli yana besh kishi jabrlandi. Ular kasalxonaga yetkazilgan bo‘lib, uch nafarining holati og‘ir ekanligi aytilmoqda. Politsiya hodisa tafsilotlarini o‘rganishga kirishdi.
Izoh (0)