Turkiyaning Gretsiyadagi ikki harbiy attashesi mamlakatdagi harbiy to‘ntarishga urinish doirasidagi ish yuzasidan Anqaraga chaqirilganidan so‘ng g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda yuqori martabali turk mansabdoriga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘li diplomatlar yo‘qolib qolganligini tasdiqladi. Uning bildirishicha, polkovniklar Ilxan Yashitli va Xalis Tunj o‘tgan hafta jumadan shanbaga o‘tar kechasi oilalari bilan paromda Italiyaga yo‘l olgan.
Turk rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, qochoqlar attashelardan birining akasi istiqomat qiladigan Niderlandiyaga o‘tishga harakat qilishi mumkin.
Izoh (0)