10-avgust kuni o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oipnazarov Rio—2016 Olimpiadasidagi birinchi jangini kongolik Molongoga qarshi o‘tkazib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi.
“Olamsport” nashri bokschi g‘alabasini oilasida bir kun avval dunyoga kelgan qizalog‘iga bag‘ishlaganini ma’lum qildi. Yangi mehmonga yaxshi niyatlar bilan Xadicha ismi berilgan.
Fazliddin G‘oipnazarov Rio—2016 medalini qo‘lga kiritishi uchun yana 2 ta jangda zafar quchishi kerak. Uning 1/8 finaldagi raqibi hindistonlik Manoj Kumar bo‘lib, unga qarshi jang 14-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)