Boliviyalik konchilar norozilik namoyishi davomida politsiyachilarni garovga oldi. Bu haqda 10-avgust, chorshanba kuni kechqurun Janubiy Amerika respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Vazirlik hujum uyushtirgan va fuqarolarning harakatlanishi uchun yo‘lni ochishga harakat qilgan politsiyachilarni garovga olgan konchilar kooperativlari a’zolari tomonidan amalga oshirilgan zo‘ravonliklarni qoralaydi”, — deyiladi xabarda. Boshqarma jabrlanganlar va garovga olingan tartib qo‘riqchilari soniga aniqlik kiritmagan.
O‘z navbatida, Konchilar kooperativlari federatsiyasi rahbari Albino Garsiyaning ma’lum qilishicha, namoyishchilar 47 nafar politsiyachini garovga olgan. Uning ta’kidlashicha, politsiya qo‘lga olingan 86 nafar konchini qo‘yib yuborgandan keyin tartib qo‘riqchilari ozod etiladi.
To‘qnashuv La-Pas departamentidagi Mantekani shaharchasida yuz berdi. Boliviyalik konchilar kooperativlar haqidagi yangi qonunga qarshi ko‘chalarga namoyishga chiqdi.
Izoh (0)