Kanadaning Stratroy shahrida terakt tayyorlashda gumon qilinayotgan shaxs politsiya bilan to‘qnashuvda o‘ldirildi, deb yozadi “RBK”.
U 24 yoshli Aaron Drayver bo‘lib chiqdi. U portlovchi qurilmani harakatga keltirdi, natijada o‘zi va yana bir kishi yaralandi. Drayverda yana bitta portlovchi qurilma bo‘lib, u uni ishga tushirmoqchi edi, aynan shuning uchun politsiya uni otib tashladi.
Drayver IShID terrorchilik tashkiloti tarafdori bo‘lgan. 2015-yil iyunida u hibsga olingan, ammo sud ma’lum talablarga rioya qilish sharti bilan shu yilning boshida uni ozod qilgan.
CTV News hukumat ma’lumotlariga tayanib yozishicha, gumonlanuvchi, go‘yoki, qo‘lbola portlovchi qurilmani keyinchalik jamoat joyida qo‘llamoqchi bo‘lgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)