AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp amaldagi davlat rahbarini “IShID asoschisi” deb atadi. Bu haqda milliarder Floridada o‘z tarafdorlari qarshisida nutq so‘zlar ekan, aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.
“Bilasizki, ko‘pchilik masalalarda ular (terrorchilar) Obamani hurmat qiladi. U IShID asoschisi hisoblanadi. U — uning asoschisi!” — dedi Tramp.
So‘ng shunday deya qo‘shib qo‘ydi: “Aytgan bo‘lardimki, (IShID) hamasoschisi vijdonsiz Hillari Klintondir”.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)