Olmaotada 18-iyul kuni Ruslan Kulikbayev tomonidan uyushtirilgan qurolli hujum vaqtida yaralangan yana bir politsiyachi — Jalgas Keldibayev kasalxonada vafot etdi, deya xabar bermoqda “TASS” ichki ishlar shahar departamenti matbuot xizmatiga tayanib.
Xabarda ta’kidlanishicha, shifokorlar patrul politsiyachisining ahvolini o‘ta og‘ir deb baholagan va uning hayotini qutqarib qolish uchun oxirigacha kurashgan.
Politsiya serjanti Keldibayev ichki ishlar organlarida 2014-yildan buyon xizmat qilib kelgan.
Avvalroq Qozog‘istonning Olmaota shahri shoshilinch tez yordam shifoxonasida ushbu hujumda yarador bo‘lgan ikki nafar politsiya xodimi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)