Rossiya tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda garovga olingan rossiyalik uchuvchining hayoti xavf ostida emas deb hisoblamoqda. Bu haqda vazirlikning xabarida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Vazirlikning qayd etishicha, 4-avgust kuni “Tolibon” jangarilari tomonidan garovga olingan S.K. Sevastyanovni qidirish ishlari davom etmoqda. “U Rossiya tomon ta’mirlash uchun yo‘l olayotgan hamda Luvgar viloyatida “Tolibon” jangarilariga tegishli hududga majburiy qo‘nishni amalga oshirgan Pokistonning Mi-17 vertolyoti ekipaji tarkibiga kirgan edi. Rossiyalikdan tashqari Pokistonning olti nafar fuqarosi garovga olingan”, – deyiladi xabarda.
Aksariyat manbalar ayni damda garovga olinganlarning hayoti xavf ostida emasligini va ularni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini Rossiya TIVga tasdiqlamoqda. Afg‘oniston rasmiylari garovga olinganlarni ozod qilish borasida barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
Izoh (0)