Sportchilarni taqdirlash marosimida ko‘tarilgan Xitoyning qalbaki bayrog‘i uchun Rio-de-Janeyro Olimpiadasining tashkiliy qo‘mitasi uzr so‘radi, deb yozdi “Vesti”.
O‘q otish musobaqasida xitoylik sportchilar kumush va bronza medaliga ega chiqqani uchun, bir emas ikkita bayroq ko‘tarilishi kerak edi. Du Li va I Silin esa yulduzchalar noto‘g‘ri joylashtirilgan bayroq ostida medallarni nishonlashga majbur bo‘ldi.
Shunday bayroq ostida suzuvchi Sun Yan kumush medalini nishonlaganida, CCTV telekanali boshlovchisi Sui Yonguan bunga e’tibor qaratib, o‘zini 9 ming o‘quvchi kuzatib boradigan Weibo ijtimoiy tarmog‘iga bu haqda yozib qoldirgandi.
“Axir bu davlat bayrog‘i-ku! Bundagi qoidalarga kichik sinf o‘quvchisi ham tushunadi”, — yozgandi teleboshlovchi.
South China Morning Post nashri ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyning Olimpiada uchun hamma bayroqlari Xitoyning o‘zida tayyorlangan. Keyinroq Xitoy Xalq Respublikasi bosh elchisi qalbaki bayroqlarning Xitoyda tayyorlanmagani haqida ma’lum berdi.