Rossiyalik yozuvchi Zaxar Prilepin Moskva davlat universitetida “axborot va gibrid urush” bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi, talabalarga “yumshoq kuch”ni o‘rgatadi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Prilepinning 2023-yil O‘zbekistonni Rossiya tarkibiga qo‘shib olish taklifi jamoatchilik orasida keskin tanqidlarga sabab bo‘lgandi. Moskva davlat universiteti Siyosiy fanlar fakulteti yozuvchi va siyosatchi Zaxar Prilepin ishtirok etadigan “Strategik aloqalar, axborot va gibrid urushlar” bo‘yicha yangilangan magistrlik dasturini taqdim etdi.
Prilepin “yumshoq kuch” institutini yaratishni maqsad qilgani, shuningdek, fakultetga harbiy muxbirlar, adiblar va siyosatshunoslar bilan bilimlarini ulashishga tayyor ekanini aytgan. Uning tushuntirishicha, so‘nggi 30 yil davomida Rossiyaning “yumshoq kuchi‘ bilan shug'ullangan odamlar oldida “tubdan boshqacha vazifalar” turgan, ya’ni g'arbiy hamkorlar bilan “farovonlik imidjini” shakllantirish bo‘lgan.
“Lekin oldimizga qo‘yilgan vazifalar buning aksi. Bizga mutlaqo boshqa yumshoq kuch kerak”, — dedi u.
Izoh (0)