Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko Xalqaro paralimpiya qo‘mitasining rossiyaliklarni Rio-de-Janeyrodagi O‘yinlardan chetlatish qarorini qoraladi, deb yozadi “Interfaks”.
“Bu qaror nimaga asoslanganini hisobga olish kerak. Ammo mening tushuncham bo‘yicha shuning o‘ziyoq sog‘lom fikrdan tashqarida”, — dedi u.
“Agar ushbu qaror ‘Maklaren ma’ruzasi’ga asoslangan bo‘lsa, u holda u yerda ko‘rsatilgan sportchilar paralimpiyachilar emas”, — dedi Mutko.
Nashr eslatishicha, avvalroq Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi (XPQ)ning prezidenti Filipp Kreyven Rossiya paralimpiya qo‘mitasi XPQ a’zoligidan mahrum bo‘lgani, shu tufayli, rossiyalik paralimpiyachilar Rio-de-Janeyrodagi Paralimpiada o‘yinlarida qatnasha olmasligini ma’lum qilgan edi.