Braziliya terma jamoasi muxlislari Rio—2016 Olimpiadasi futbol turniri guruh bosqichining ikkinchi turidagi Iroq termasiga qarshi (0:0) o‘yin davomida Neymarni kinoyali jumlalar bilan qarshi oldi. Bu haqda “Sportbox.ru” xabar bermoqda.
Braziliya jamoasi fanatlari to‘p Neymarga tekkanda “Marta, Marta” (mamlakat ayollar terma jamoasi hujumchisi, dunyoning eng yaxshi futbolchi ayollaridan biri) va “Marta Neymardan yaxshi” deya hayqirdi.
Olimpiada egalari ikki turdan so‘ng ikki ochko yig‘di va pley-offga chiqmaslik xavfi ostida qolmoqda.
Izoh (0)