Rio-de-Janeyro sharqidagi harbiy hududda joylashgan Olimpiada ot sporti markazi qoshidagi matbuot shtabiga o‘q otildi. U tufayli shtabning brezent tomida teshik hosil bo‘ldi, biroq hech kim jabrlanmadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
SID agentligiga ko‘ra, o‘q Yangi Zelandiya matbuot jamoasi xodimasi va britaniyalik fotografga tegishi mumkin edi. Mahalliy maxsus xizmatlar hodisa tafsilotlarini o‘rganishga kirishdi.
Keyinchalik politsiyada mazkur holat tasodif bo‘lgani bildirildi. Tekshiruv chog‘ida matbuot shtabi hujumga nishon bo‘lmagani, ro‘y bergan voqeaning Olimpiadaga aloqasi yo‘qligi aniqlandi.
Izoh (0)