Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Visente del Boske “Real” va “Barselona” futbolchilarining o‘zaro yomon munosabatlari milliy jamoaga salbiy ta’sir ko‘rsatganligini yana bir bor eslab o‘tdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Ispan grandlari o‘rtasidagi taranglik “qaymoqranglilar”ni Joze Mourinyo boshqargan payt avjiga chiqdi. Murabbiylar va o‘yinchilar OAVlarda bildirgan fikrlar tufayli ehtiroslar nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham jo‘sh urgandi.
“Bu qiyin paytlar edi. Mazkur ikki jamoa o‘rtasida doim raqobat bo‘lgan va u davom etadi. Mening vazifam o‘yinchilarni birinchi galda o‘zlari yutqazayotganlariga ishontirishdan iborat edi. Ular hech kim uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilmayotgandi. Televizor orqali harakatlarini kuzatib, ‘Real’ va ‘Barselona’ futbolchilari boshqalardan ko‘ra ko‘proq o‘zlari ziyon ko‘rayotganlariga tushunib yetdi”, — deya ta’kidlagan del Boske.
Eslatib o‘tamiz, Yevro-2016 dan so‘ng Ispaniya terma jamoasiga del Boske o‘rniga Portugaliyaning “Portu” jamoasida ishlab kelayotgan 49 yoshli Xulen Lopetegi bosh murabbiy etib tayinlandi.
Izoh (0)