Iroqning Mosul shahri yaqinida IShID guruhiga mansubi uch xudkush ayol uyushtirgan hujum oqibatida o‘n harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yetti nafari yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mosuldan 50 kilometr shimoldagi Qayar shahri yaqinida joylashgan qishloq blok-postida uch ayol xavfsizlik kuchlariga qarata o‘t ochdi, so‘ng egnidagi nimchalarini harakatga keltirishi natijasida portlash yuz berdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)