Hindistonning Mumbay–Goa shossesida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida 2-avgust, seshanba kuni kechqurun ko‘prik quladi va kamida 22 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda NDTV telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea guvohlarining aytishicha, hodisa mamlakatning g‘arbiy qismidagi Maxad shahrida sodir bo‘ldi. Kuchli yomg‘ir natijasida suvga to‘lgan Savitri daryosi eski ko‘prikning poydevorini yuvib yubordi va uning seksiyasi quladi. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda ko‘prikda turgan bir necha avtomobil va ikkita avtobus suvga quladi.
Ma’lum qilinishicha, suvdan chiqmoqchi bo‘lgan odamlarni daryoning kuchli oqimi olib ketdi. Bedarak yo‘qolganlar soni yana oshishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)