O‘zbekiston viloyat markazlari va yirik shaharlari orasida 1-avgust, dushanba kuni eng salqin havo Samarqand shahrida qayd etildi. “O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra (pdf), shu kuni Samarqand viloyati ma’muriy markazida maksimal havo harorati +31 darajagacha ko‘tarilgan.
Shu kuni Farg‘ona vodiysidagi viloyat markazlarida eng yuqori havo harorati +32 darajagacha ko‘tarilgan, Navoiy, Jizzax, Guliston, Toshkent shaharlarida +34 darajani, Buxoro shahrida +36 darajani, Urganch, Qarshi, Termiz shaharlarida +37 darajani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida esa +38 darajani tashkil etgan.
Mamlakatning tog‘li hududlarida salqin iqlim sharoiti saqlanib qolgan. Xususan, Chimyonda eng yuqori havo harorati +22 darajadan oshmagan bo‘lsa, Qamchiq dovonida maksimal harorat +19 darajani tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, “O‘zgidromet” markazi 1-avgust kuni Samarqand viloyatida havo harorati +37 darajagacha ko‘tarilishi mumkinligi haqida axborot bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, 31-iyul kuni Andijon, Namangan va Farg‘ona shaharlari O‘zbekistonning yirik shaharlari orasida eng salqinlari bo‘lgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)