Olimpiya o‘yinlariga yetib kelgan sportchilar ularda Braziliyada Pokemon Go o‘yinini davom ettirish imkoniyati yo‘qligidan xabar topdi, deb yozadi “Interfaks” G‘arb OAVlariga tayanib.
Sportchilarning ko‘pchiligi ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat yuzasidan shikoyatli postlar yozib qoldirdi.
Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari sportchilarga Olimpiya qishlog‘i va bog‘ida pokemonlar yo‘qligini o‘yin hozircha Janubiy Amerikaning hech qaysi mamlakatida rasman chiqarilmagani bilan izohladi.
OAVlar yozishicha, Rio-de-Janeyro meri Eduardu Pais, hatto, Yaponiyaning Pokemon Go o‘yinini ishlab chiqqan Nintendo kompaniyasiga murojaat qilib, dasturni Olimpiada o‘yinlari arafasida Braziliyada ishga tushirishni so‘radi. Biroq kompaniya murojaatga javob qilganicha yo‘q.
Izoh (0)