Suriyaning Aleppo shahri markazidagi turar-joylar terrorchilar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 2-avgust, seshanba kuni kamida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakiliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Vakilga ko‘ra, eski shahardagi dahalar — Alepponing deyarli qoq markazi o‘qqa tutilishi tufayli yana 8 kishi jarohat olgan. Jangarilar shaharga zaharlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan bir necha snaryadlarni yo‘llagan.
Izoh (0)