Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi safida 4 ta Olimpiadada ishtirok etib, shularning uchtasida oltin medalga ega chiqqan Artur Taymazov Rossiya Davlat Dumasiga o‘tkaziladigan saylovlar uchun o‘z nomzodini ilgari surdi, deb xabar berdi “Olamsport”.
Artur Taymazov 2000-yilgi Sidney Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2004, 2008 va 2012-yilgi Olimpiadalarda oltin medal egasiga aylangan.
Sportchi Osiyo o‘yinlarining uch karra g‘olibi ham hisoblanadi. 2002, 2006 va 2010-yilgi turnirda unga teng keladigan sportchi topilmagan. Jahon Chempionatlarida Taymazovga ikki marta oltin, ikki marta kumush va 1 marta bronza medali nasib qilgan.
Izoh (0)