Rossiya tomoni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 24-iyul, yakshanba kuni rossiyalik sportchilarning 2016-yil avgustida Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlaridagi ishtiroki haqida qabul qilgan qarori uchun minnatdor. Bunday bayonot bilan Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko chiqish qildi, deb yozadi “Vedomosti”.
“XOQ qabul qilgan qaror Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) mustaqil komissiyasining ma’ruzasiga asoslangan holda puxta o‘ylangan, u jahon sporti manfaatlari va olimpiya oilasi birligi yo‘lida qabul qilingan va xolisdir”, — dedi Mutko. “Biz XOQdan bunday qaror uchun minnatdormiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.
XOQ Rossiyaning ishtirokini taqiqlash yuzasidan qaror qabul qilishdan bosh tortdi va bu huquqni xalqaro sport federatsiyalariga topshirdi.
“XOQ tegishli hujjatda ko‘rsatilgan talablarga javob bermagan birorta rossiyalik sportchini Rio–2016 Olimpiya o‘yinlariga yaqinlashtirmaydi”, — deyiladi Ijroqo‘m xabarnomasida.
XOQ qaroriga ko‘ra, Rossiya Olimpiya termasining barcha a’zolari qo‘shimcha doping tekshiruvidan o‘tadi. Undan o‘ta olmaganlar XOQ akkreditatsiyasidan mahrum bo‘ladi.
Izoh (0)