“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Turkiyaga yo‘l olayotgan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, sayyohlik operatorlariga murojaat qilib, ushbu mamlakatda yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni e’tiborga olishni so‘radi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
“2016-yil 27-iyul holatiga ko‘ra, Turkiya Respublikasining ma’lum hududlarida yuqori darajadagi keskinlik saqlanib qolganini hisobga olganda, Turkiyaga sayohatni xavfsiz deb bo‘lmaydi, — deyiladi “O‘zbekturizm” xabarida. — Shu munosabat bilan, ushbu mamlakatdagi vaziyat barqarorlashmaguniga qadar, Turkiyaga safarlarni amalga oshirish tavsiya etilmaydi”.
Turkiya hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarur ehtiyot choralariga rioya qilish tavsiya etildi.
Izoh (0)