Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi O‘zbekiston aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlariga qaratilgan, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish haqidagi murojaatnomani e’lon qildi.
“Respublika hududida sodir bo‘layotgan yong‘inlarning aksariyat qismi ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik hamda elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishidan kelib chiqmoqda”, — deyiladi xabarda.
Muassasa quyidagi yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishni so‘radi:
— qurigan o‘t va chiqindilardan hududni tozalash maqsadida ularni yoqib yubormang;— tandir yoki o‘choqlarni yoqish uchun yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan (benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi, maishiy gaz ballonlaridan olingan gazokondensat suyuqligi) foydalanmang;— yonilg‘i va boshqa yonuvchi materiallarni o‘choq oldiga qo‘ymang;— sigareta chekish taqiqlangan joylarda chekilmasligiga qat’iy rioya qiling;— elektr jihoz va maishiy texnikalardan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiyasi va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling;— elektr uskunalarini montaj qilishda mutaxassis ko‘magidan foydalaning;— nosoz elektr rozetka, o‘chirgich, elektr jihoz va maishiy texnikalardan foydalanmang;— tashqi himoya qobiqlari shikastlangan yoki zararlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;— elektr xo‘jaligida ortiqcha yuklanish va elektr simlarning qisqa tutashuvdan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar oldini olish maqsadida sifat sertifikatiga ega bo‘lgan himoya saqlagichlaridan (avtomatlardan) foydalaning.
Izoh (0)