Toshkentning “Bodomzor” metro bekati yaqinida Spark avtomobili ag‘darilib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida fotoxabar qoldirilgan.
Voqea qanday yuz bergani noma’lum. Hodisada boshqa transport vositalari ham ishtirok etgan-etmaganligi, tan jarohati olib, jabrlangan shaxslar bor-yo‘qligi haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Aksariyat foydalanuvchilar mazkur hodisa avtomobilning katta tezlikda harakatlangani sabab yuz bergani bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)