Pekin va Vashington qarashlarda yuzaga kelayotgan ixtiloflarni samaradorlik bilan hal etishi va bir-birining tub manfaatlarini hurmat qilishi kerak. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Syuzan Rays bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
U, shuningdek, Xitoyning “zamonaviy xalqaro me’yor va tartibga qarshi chiqish niyati yo‘qligi va hech qachon gegemoniya (ustunlik)ga intilmasligi”ni ta’kidladi.
“Xitoyni rivojlantirishdan maqsad 1,3 milliard kishilik aholining farovonligidan iborat”, — dedi u.
Xitoy yetakchisi tomonlarni iqtisodiy, savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga, iqlim o‘zgarishlari, xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha hamkorlikka chaqirdi.
Izoh (0)