Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Rossiyaga qochganidan so‘ng uning Mejigoryedagi qarorgohida qolgan retro-avtomobillar kolleksiyasi xatlandi. Kiyevning Pecherskiy tuman sudi tomonidan chiqarilgan tegishli qaror Sud qarorlari yagona reyestrida chop etildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Tergov manbalariga ko‘ra, 27 ta avtomobil Yanukovichning Mejigoryedagi maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun maxsus tashkil etilgan “Kiyevuniversalservis” MChJ balansida saqlanmoqda. Sud qaroriga ko‘ra, xatlovdan maqsad Yanukovich atrofidagi mansabdorlarga qarshi ochilgan noqonuniy daromad va o‘ta yirik miqdorda davlat mulkini egallash bo‘yicha jinoiy ish doirasida mulkni musodara etishdan iborat.
Hozirda mazkur avtomobillar Kiyevdagi retro-avtomobillar muzeyida saqlanmoqda.
Izoh (0)