Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy Mavritaniyada boshlanayotgan Arab davlatlari ligasi (ADL) sammitiga tashrifini unga tayyorlanayotgan suiqasd sababli bekor qildi. Bu haqda “Al-Yaum as-Sabia” manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, bu as-Sisiy hayotiga terrorchilik tashkilotlari tomonidan tayyorlangan birinchi suiqasd emas. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
ADL sammiti o‘z ishini 25-iyul, dushanba kuni Mavritaniya poytaxti Nuakshotda boshlamoqda. Oliy darajadagi 27-uchrashuv kun tartibiga mintaqadagi dolzarb muammolar, birinchi galda Suriya, Iroq, Liviya, Sudan va Yamandagi mojarolarni bartaraf etishga qaratilgan qator masalalar kiritilgan.
Izoh (0)