Meksikada Syudad-Altamirano shahri (Gerrero shtati) meri Ambrosio Soto otib o‘ldirildi: qurollangan jangarilar uning avtomobiliga hujum qilgani bildirilmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Hujum tufayli Sotoga qo‘riqchi sifatida qo‘yilgan politsiyaning ikki xodimi jarohatlandi. Oldinroq mer mahalliy narkokartel a’zolari tahdidiga uchragani aytilmoqda. Bu dam olish kunlari mobaynidagi ikkinchi shunday hodisa bo‘ldi: 23-iyul, shanba kuni San-Xuan-Chamula shaharchasi (Chyapas shtati) ma’muriyati rahbari ham meriyaga rasmiylarning moliyaviy ishlaridan norozilik bildirgani kelgan darg‘azab shaharliklar tomonidan o‘ldirilgandi.
Ma’lumot uchun, Meksikada oxirgi 10 yil mobaynida 75 nafar mer o‘ldirildi.
Izoh (0)