Argentinalik fotomodel Xoanna Birryel Gvatemaladagi qattiq rejimli “Pavon” qamoqxonasida qo‘zg‘olon qurbonlaridan biriga aylandi, deb yozadi “TASS”.
24 yoshli qiz Gvatemala Qurolli kuchlari sobiq kapitani Biron Lima bilan uchrashuv vaqtida o‘ldirilgan, u 1998-yilda yepiskop Xuan Xerardini o‘ldirgani uchun qamalgan edi.
Versiyalardan biriga ko‘ra, atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha loyihalar bilan ham shug‘ullangan Birryel mahbus bilan uning kompaniyalaridan birining faoliyatiga aloqador masalalarni muhokama qilmoqchi bo‘lgan.
18-iyul, dushanba kuni yuz bergan qo‘zg‘olonda jami 13 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mahbuslarning ikki guruhi o‘rtasida turmadagi ta’sir sohalarini taqsimlash borasida nizo kelib chiqqan.
Izoh (0)