Nyu-Yorkning shimoliy qismida qurilish kranining “Tappan Zeye” ko‘prigi ustunlari oralig‘iga qulashi oqibatida besh kishi — uch haydovchi va ikki quruvchi jarohat oldi. Bu haqda CBS telekompaniyasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Gudzon daryosi bo‘ylab mavjud ko‘prikka parallel bunyod etilayotgan yangi ko‘prik qurilishida foydalanilgan kran uchining bo‘laklari barcha olti yo‘lakni to‘sib qo‘ydi. Chetki to‘siqlarning bir qismi buzildi. Ko‘prik bo‘ylab harakat ikki yo‘nalishda ham to‘xtatildi.
Kranning nima sababdan qulagani hozircha aniqlanmagan. Hodisa joyiga qutqaruv va ta’mirlash xizmatlarining xodimlari yetib keldi. Ko‘prikning texnik holati baholanishi bildirilmoqda.
Yangi ko‘prik qurilishi uch yildan beri olib borilmoqda. Qiymati 3,9 milliard dollar bo‘lgan inshoot 2018-yil oxirida tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)